Buyuk Britaniya harorat rekordi kutilmoqda

Buyuk Britaniyada tarixda birinchi marta havo harorati 40°C ga yetishi mumkin. Joriy rekord — 39°C dan bir oz kamroq - uch yil oldin qayd etilgan.
Favqulodda choralar doirasida maktablarda o'quv kunini qisqartirish, shifoxonalarning ish tartibi va transport jadvalini o'zgartirish ko'zda tutilgan.
Fransiyada haftaning boshidanoq anomal issiqlik deyarli butun mamlakat bo'ylab kutilmoqda. 15 ta hududda "qizil" xavf darajasi e'lon qilindi. U yerda termometr 40°C dan yuqori ko'tarildi.
Ispaniyada esa dushanba kuni bu to'lqin pasayganini haqida ma'lum qilishdi. Anomal issiqlik 360 kishining hayotini oldi.






