Buyuk Britaniya qiroli Rishi Sunakni rasman yangi Bosh vazir etib tayinladi

Sky News xabariga ko’ra, Buyuk Britaniya qiroli Charlz III Rishi Sunakni yangi bosh vazir etib tayinlagan va unga hukumat tuzishni topshirgan.

Xabarda qayd etilishicha, Monarx avvalroq Bosh vazir Liz Trassning iste’fosini qabul qilgan.

P.S. Rishi Sunak Britaniyaning 57-Bosh vaziri sanaladi.