Buyuk Britaniya xorijiy investorlar uchun oltin viza sxemasini bekor qiladi

Chet ellik investorlarga Buyuk Britaniyada tezkor rezidentlikni taklif qiluvchi vizalar Buyuk Britaniyaning Rossiya bilan aloqalari bosimi ostida hukumat tomonidan bekor qilinishi kutilmoqda.

Bu qaror bir muncha vaqtdan beri ko'rib chiqilayotgan edi.

Ushbu sxema 2008 - yilda Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi badavlat odamlarni Buyuk Britaniyaga sarmoya kiritishga undash uchun joriy qilingan.

Ko'pincha "oltin viza" deb ataladigan 1-darajali (investor) vizasi Buyuk Britaniyada 2 million funt sterling yoki undan ko'p sarmoya kiritganlarga rezidentlikni taklif qiladi va ularning oilalariga birga yashash imkonini beradi.

Ushbu vizalar egalari keyinchalik qanchalik sarmoya kiritganiga qarab qisqa fursat ichida Buyuk Britaniyada doimiy yashash uchun ariza topshirishlari mumkin. Endi banklar ariza beruvchilar uchun hisob ochishdan oldin ma'lum tekshiruvlarni bajarishlari kerak bo’ladi.