Buyuk Britaniyada Karl III portreti tushirilgan birinchi tangalar muomalaga kiritildi

Ma’lum qilinishicha, Britaniya pochta bo‘limlari qirol Karl III portreti tushirilgan 50 pens tangalarni olishni boshladi. Qayd etilishicha, hozircha, jami 9,6 million tanga muomalaga chiqarilggan.

Qolganlari talabga qarab keyinchalik ko'payishi mumkin. Manbaalarga ko’ra, dastlab tangalar do‘konlarda xaridlar paytida tarqatiladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, marhum qirolicha Yelizaveta II ning surati tushirilgan barcha Buyuk Britaniya tangalari hali ham qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi. Ayni paytda ularning 27 milliardga yaqini muomalada.