Buyuk Britaniyaning nufuzli Universiteti hamkorligida ISEF ga qabul boshlandi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Buyuk Britaniyaning University of London (UoL) hamkorligida International School of Economics and Finance (ISEF) qo‘shma ta’lim dasturi faoliyatiga start berildi.
Mazkur qo‘shma ta’lim dasturida akademik rahbarlik London School of Economics and Political Science (LSE) tomonidan amalga oshiriladi. Qo‘shma ta’lim bitiruvchilari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va London universiteti diplomlariga ega bo‘ladi.
Shu munosabat bilan ushbu qo‘shma ta’lim dasturiga 2021/2022 o‘quv yili uchun qabul boshlandi.
Ma’lumot uchun: London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (London School of Economics and Political Science) nufuzli oliy ta’lim muassasasi sifatida Times higher Education xalqaro reytingida 27-o‘rinni band etgan. Shuningdek, QS reytingida Ijtimoiy fanlar va menejment bo‘yicha dunyoda 2-o‘rin, Buxgalteriya va moliya yo‘nalishi bo‘yicha 4-o‘rin, Iqtisodiyot va ekonometrika yo‘nalishi bo‘yicha esa 6-o‘rinni egallaydi.






