Buyuk oʼtmishdan – buyuk kelajak sari

“Bugungi kunda Oʼzbekiston oʼzining geografik joylashuviga koʼra, Shimol va Janubni, Gʼarb va Sharqni magistral tranzit koridorlari orqali bogʼlab turadigan Markaziy Osiyo mintaqasining oʼzagi hisoblanadi”, Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Biz “Buyuk oʼtmishdan – buyuk kelajak sari” tamoyili asosida iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishimizni jadal davom ettirmoqdamiz.
Bundan 5 yil avval biz Harakatlar strategiyasini qabul qilib, uning doirasida keng koʼlamli demokratik islohotlarni amalga oshirish yoʼlini tanladik.
Ushbu islohotlar dasturi davlatimiz va jamiyatimizning barcha sohalarini qamrab olib, qonun ustuvorligini taʼminlash, raqobatni rivojlantirish, korruptsiyaga qarshi keskin kurash olib borish kabi muhim yoʼnalishlarni oʼzida mujassam etgan.
Biz birinchi navbatda, ilgari investorlarni Oʼzbekiston bozoriga kirishi va erkin faoliyat yuritishiga toʼsqinlik qilgan barcha omillarni bartaraf etib, tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yarata boshladik”.






