«BYD Uzbekistan Factory» qoʼshma korxonasi Oʼzbekistonda rasman roʼyxatdan oʼtkazildi

Oʼzbekistonda elektromobillarni ishlab chiqarish va sotish boʼyicha “BYD Uzbekistan Factory” qoʼshma korxonasi rasman roʼyxatdan oʼtkazildi. Qayd etilishicha, yaqin kunlarda BYD elektromobillarining birinchi partiyasi mijozlarga taqdim etiladi.

Ular:
BYD Chazor 05 DMi (gibrid);
BYD Song Plus DMi (gibrid va elektromobil);
BYD Han (elektromobil).

P.S. Avvalroq UzAuto va BYD Company Ltd. O‘zbekistonda yangi energiya manbalarida avtomobillar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolagan edi.