«C5 + 1 shaklida navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tadi»

2021 yil 23 aprel kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh tashqi ishlar idoralari rahbarlarining "C5 + 1" formatidagi navbatdagi uchrashuvi videokonferensaloqa shaklida bo'lib o'tadi.

Uchrashuvda Qozog'iston Respublikasi, Qirg'iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirlari va AQSh Davlat kotibi ishtirok etadi.

Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalarini, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Qo'shma Shtatlarning iqtisodiyot sohasidagi o'zaro aloqalarini yanada rivojlantirish, mintaqada xavfsizlikni ta'minlash, iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish, shuningdek, Afg’onistonda mustahkam tinchlik o’rnatishga ko’maklashish masalalarini ko'rib chiqadilar, deya xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.