Chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 319 288,2 mlrd soʼmni tashkil etdi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 319 288,2 milliard soʼmni tashkil etib, 2021-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 12,3 % ga oshdi.
Qayd etilishicha, chakana savdo tovar aylanmasi hajmida 2021-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan respublikaning Toshkent shahri (114,6 %), Namangan (114,2 %), Surxondaryo (113,0 %) va Xorazm (112,6 %) viloyatlarida eng yuqori oʼsish kuzatilgan.






