Charlz III 10-sentabr kuni rasman Britaniya qiroli deb e’lon qilinadi

Charlz qirolichaning o‘limidan keyin, sobiq taxt vorisi sifatida, avtomatik tarzda qirolga aylandi. Biroq, Independent yozishicha, an’anaga ko‘ra, Valiahdlik bo‘yicha kengash tomonidan rasmiy marosim o‘tkazilishi kerak.
Uning ishtirokchilari monarxning vafotidan keyin 24 soat ichida Sent-Jeyms saroyida yig‘ilishi kerak.
Shu safar bu kechroq amalga oshiriladi, deya yozilmoqda xabarlarda, sababi tayyorgarlik uchun yetarlicha vaqt bo‘lmagan. Shu bilan birga Kengash qirolichaning o‘limidan keyingi birinchi parlament yig‘ilishiga qadar bo‘lib o‘tishi kerak, undan esa, o‘z navbatida, iloji boricha tezroq yig‘ilish talab qilinmoqda.
Tarixiy nuqtai nazardan, Valiahdlik bo‘yicha kengashda monarxning maslahatchilaridan iborat bo‘lgan Maxfiy kengashning butun tarkibi qatnashadi va yangi qirolning rasman taxtga o‘tqizilishini kuzatadi. Biroq ularning soni 700 dan ortiq bo‘lgani sababli, cheklovlar kiritilgan. Marosimda qatnashish uchun Maxfiy kengashning 200 nafar a’zosi taklif qilingan.






