Charlz IIIning toj kiyish marosimi 2023-yilning 6-may sanasiga belgilandi

Bukingem saroyi Charlz IIIning toj kiyish marosimi 2023-yil 6-may kuni Vestminster abbatligida bo‘lib o‘tishini, uning rafiqasi Kamilla esa yangi monarx bilan birga qirolicha turmush o‘rtog‘i sifatida toj kiyishini e’lon qildi.

P.S. Toj kiyish marosimi Buyuk Britaniyada so‘nggi 70 yil ichida ilk bor o’tkaziladi. Britaniya monarxi so’nggi bor 1953-yilning iyun oyida Yelizaveta II taxtga o‘tirganida toj kiygan edi.