Chevrolet Cobalt - Qozog'istonda eng ko'p sotilayotgan avtomobil

Mart oyida Qozog'iston bozorida sotilgan deyarli har to'rtinchi yangi avtomobil UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan. Qo'shni mamlakatda eng ko'p sotilgan avtomobil markasi Chevrolet Cobalt edi.

O'zbekiston eksport qiladigan deyarli barcha avtomobillarni Qozog'iston sotib oladi. Mart oyida milliy ishlab chiqaruvchimiz, Qozog'istonda 2161 dona avtomobil sotdi.

Sotilgan avtomobillar orasida yetakchi bo'lgan Cobalt avtomobilidan 1001 dona xarid qilingan. Ikkinchi o'rinda yana bir Chevrolet modeli, Nexia - 873, uchinchi o'rinda - Hyundai Accent - 763 ta avtomobil.

Qozog'iston eng ko'p eksport qilinadigan avtomobillari bo'lgan mamlakatlar orasida birinchi o'rinda turadi. Dastlabki uch oyda UzAuto 87,4 million dollarga avtomobillarni eksport qildi, shundan 82,6 million dollar Qozog'iston hissasiga to'g'ri keladi.

Ikkinchi o'rinda Ukraina (1,5 million dollar), uchinchi o'rin Afg'oniston (1,3 million dollar). Kuchli beshlikka shuningdek Qirg'iziston (963,3 ming dollar) va Ozarbayjon (444,7 ming dollar) kirdi.