«Chevrolet Onix» avtomobillari Qozog‘istonda ham ishlab chiqariladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qozog‘istonning Kostanay viloyatida «Chevrolet» avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihaga start berdilar.

Ta'kidlanishicha, yiliga 30 000 dona mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan «Allur» avtomobil zavodida «Chevrolet Onix» avtomobillari ishlab chiqariladi.