Chexiya respublikasi bilan yangi hamkorlik

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari Akmal Saidov Chexiya Respublikasi Parlamenti Deputatlar palatasi raisi o'rinbosari Tomash Xansel boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuv boshida O'zbekiston parlamenti vakili Chexiya respublikasidan kelgan mehmonlarga bizning mamlakatimiz faoliyatiga qiziqish bildirganlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Ushbu tashrif O'zbekiston-Chexiya parlament aloqalarini yanada mustahkamlashga, shuningdek, mavjud bo'lgan hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishi ta'kidlandi.

O'z navbatida, Chexiya Respublikasi Parlamenti Deputatlar palatasi raisi T. Xansel so'nggi yillarda O'zbekiston va Chexiya o'rtasidagi munosabatlarda o'zaro manfaatli hamkorlikning yangi davri boshlanganini aytdi.

So'nggi yillarda respublikamiz boshqa mamlakatlar bilan o'zaro manfaatli aloqalarni o'rnatish va takomillashtirish borasida katta yutuqlarga erishmoqda, bu esa o'z navbatida O'zbekistonning tashqi siyosatini rivojlantirishga yordam beradi.