Chirchiqdagi umumiy qiymati 200 million dollarga teng Texnopark

Bright Uzbekistan loyihasi asoschisi Davron Abdullaev “O‘zkimyosanoat” AJ va “Ximgrad” AJlarning (Tatariston Respublikasi) hamkorligida tashkil etilgan "Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki rahbariyati, Abdurahmanov Jahongir va Gazizov Farit bilan uchrashuv o'tkazdi. 

Ushbu texnopark O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 3 fevraldagi PQ-116-sonli qarori asosida tashkil etilgan. 

"Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkining ochilish marosimi joriy yilning 23 mart kuni Toshkent viloyatida O'zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov ishtirokida bo'lib o'tgan edi,

Qayd etilishicha, Texnoparki hududi 31,2 gektarni tashkil etadi va kelgusi yillarda bu yerda O'zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim bo'lgan 100 dan ortiq mahsulot ishlab chiqariladi, hamda 2200 ta ish o'rni yaratish rejalashtirilgan.

Uchrashuv davomida Texnopark rahbariyatiga Bright Uzbekistan loyihasi taqdim etildi va hamkorlik istiqbollari ko'rib chiqildi.