Chorva komplekslari uchun 120 mln dollar yo'naltiriladi

Chorva komplekslarini kengaytirish va ularni qoʼllab-quvvatlash yuzasidan topshiriqlar berildi.
Unga ko’ra:
120 million dollar mablagʼ kredit resursi sifatida yoʼnaltiriladi;
chetdan olib kelinadigan ozuqa ekish va oʼrish texnikalari bojxona bojlaridan 3 yil muddatga ozod etiladi hamda ularga qoʼshilgan qiymat soligʼini 180 kungacha kechiktirib toʼlash tartibi joriy etiladi (bu texnikani 20 foizga arzon sotib olish imkonini beradi);
kredit va lizingga olinadigan qishloq xoʼjaligi texnikalari foiz xarajatining 10 foizdan ortiq qismi qoplab beriladi;
chorva bosh soniga mutanosib ravishda ozuqa yerlari ajratiladi.
Yil yakuniga qadar 105 ta, kelgusi yilda 130 ta paxta va gʼalla klasterlarining har birida kamida 500 va 1 ming boshli chorva komplekslarini tashkil etish vazifasi qoʼyildi.






