Chorvachilik tarmog’ida jami 1 mln 650 ming aholi bandligini taʼminlash boʼyicha imkoniyat va zaxira mavjud

“Bugungi yigʼilishni oʼzim har bir viloyat va tuman koʼrsatkichlarini chuqur tahlil qilib oʼtkazayotganimning yana bir muhim sababi, 2022-yilda chorvachilikda kamida 300 ming, qoʼy-echkichilikda 150 ming, pillachilikda 1,2 million, jami 1 million 650 ming aholi bandligini taʼminlash boʼyicha barcha imkoniyat va zaxira mavjud”, dedi Prezident.
Shu bilan birga, davlatimiz rahbari viloyat yoki tumanda goʼsht, sut va tuxum mahsulotlariga talab qancha, bu talabni qondirish uchun 2022-yilda qanday tizimli ishlar qilish kerak, degan savollarga birorta hudud rahbarida aniq tasavvur yoʼqligini tanqid qildi.
Chorvachilik va pillachilikda bugungi vazifalarni bajarish va aytib oʼtilgan ish oʼrinlarini yaratishga shaxsan viloyat hokimlarining oʼzi masʼul va javobgar boʼlishi koʼrsatib oʼtildi.
Tuman hokimlari, agrar soha rahbarlari uchun chorvachilik, qoʼychilik, echkichilik, pilla va jun sanoati yoʼnalishida oʼquv seminari tashkil etish zarurligi qayd etildi.






