Chorvachilik tarmog’idagi tajribalar asosida 2022-yilda jami 200 ming aholi bandligini taʼminlash bo’yicha topshiriqlar berildi

Prezident raisligida bo’lib o’tayotgan yig’ilishda mutasaddilarga chorvachilik faoliyatini yaxshilash va aholi bandligini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.
Ular quyidagilar:
15-martga qadar har bir tumanda kamida 5 tadan mahallada Mirishkor tajribasini yoʼlga qoʼyish;
1-mayga qadar tomorqa xizmati korxonalari orqali Chust va Baliqchi tajribalarini barcha tumanlarda joriy etish va buning uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 300 milliard soʼm ajratish;
1-iyunga qadar Taxiatosh tajribasi asosida har bir viloyatda kamida 2 tadan loyihani ishga tushirish;
1-sentabrga qadar har bir viloyatda kamida 2 mingtadan xonadonga naslli chorva mollarini tarqatishni tashkil etish.
Umuman, viloyat hokimlari yuqoridagi tajriba asosida 2022-yilda jami 200 ming aholi bandligini taʼminlashga shaxsan masʼul boʼlishi koʼrsatib oʼtildi.






