Chotqol turzonasi sotuvga qo‘yildi

Uni sotib oladigan kompaniya 2 yilda 3 yulduzlik mehmonxona qurishi shart.

“Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hokimligi tomonidan turistik jozibadorligi yuqori bo‘lgan “Chotqol” dam olish oromgohi, bino va inshootlari “e-ijro auksion”ga sotuvga qo‘yildi.

Lotning boshlang‘ich narxi 12,1 mlrd so‘m.

“Chotqol” dam olish oromgohi“ning bino va inshootlari (yer maydoni 9,1 gektar) investitsion majburiyatlari 24 oy muddatda 200 xonaga mo‘ljallangan 3 yulduzli mehmonxona qurish sharti bilan auksionga chiqarildi.