«Cobalt» o’tgan yilda Qozogʼistonda eng koʼp sotilgan avtomobil boʼldi

Qozogʼistonliklar tomonidan eng koʼp xarid qilingan avtomobil modellari orasida “Cobalt” 23 178 dona sotuvi bilan birinchilikni saqlagan holda, eng talabgir model boʼlib 2022-yilni yakunlagan.
Qozogʼiston avtomobil biznesi assotsiatsiyasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilda mamlakatda jami 123 778 dona yangi yengil va tijoriy avtomobillar xarid qilingan boʼlib, eng talabgir avtomobil brendlari reytingida
“Chevrolet” yetakchilik qildi.
Maʼlum qilinishicha, Qozogʼiston avtomobil bozorida “Chevrolet” 34 289 dona (27.7 %) sotuvdagi ulushi bilan yetakchiligini mustahkamlagan. “Hyundai” 28 864 (+27 %) sotuv bilan ikkinchi pogʼonani egallagan boʼlsa, “Kia” 14 421 (11.65 %) dona avtomashina sotib reytingda uchinchi o’rinni band qilgan.






