Coca-Cola Rossiya bozorini butunlay tark etishi mumkin

Amerikaning alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchisi “The Coca-Cola” brendi Rossiya bozoridan to‘liq chiqishni istisno qilmayapti. Bu haqda Bosh direktor Jeyms Kuinsi ma’lum qildi.
Kuinsining so‘zlariga ko‘ra, agar Ukrainadagi mojaro cho‘zilsa, “Coca-Cola” Rossiyadagi biznesni butunlay cheklab qo‘yishi mumkin.
Mart oyida kompaniya Ukraina atrofidagi vaziyat fonida Rossiya Federatsiyasi hududida tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatganini e’lon qilgan edi. Nijniy Novgorod viloyatidagi “Coca-Cola” zavodi hamon ishlashda davom etmoqda.






