COVID-19 ning afrikancha shtamm Oʼzbekistonda aniqlandi

Bosh vazir Аbdulla Аripov boshchiligida koronavirusga qarshi kurashish boʼyicha maxsus komissiyasining kengaytirilgan yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda maʼlum qilinganidek, Oʼzbekistonda COVID-19ning afrikancha shtampi aniqlangan.
Taʼkidlanganidek, respublikadagi vaziyat tobora jiddiy tus olmoqda. Kasallanish holatlari kun sayin ortyapti. Аna shunday holatlarni inobatga olib joriy yilning 18 aprelidan karantin qoidalariga amal qilish qatʼiy nazoratga olinadi.
Kasallik holatlarining taʼlim muassalarida keng tarqalayotganini inobatga olib kasallik aniqlangan maktab va bogʼchalar yopiladi va 2 haftalik karantinga olinadi.
Ommaviy tadbirlarda ham cheklovlar joriy etiladi. 1 maydan kontserlarni opiq hududda oʼtkazish taʼqiqlanadi. Toʼy va boshqa marosimlarda 100 kishidan ortiq odam qatnashishiga yoʼl qoʼyilmaydi.
Umumiy ovqatlanish shahobchalarida mijozlarni qabul qilish hamda jamoat transportlarida yoʼlovchilarni olib yurish 50 foizgacha qisqatiriladi.
Аyni kunlarda muborak Ramazon oyi davom etayotganligini inobatga olib mazkur oyda nishonlanadigan tadbiralarni ham iloji boricha oila davrasida oʼtkazish tavsiya etilmoqda.
Bosh vazirning taʼkidlashicha bunday qatʼiy karantin cheklovlarining qayta joriy etilishiga fuqarolarning beparvoligi, arzimagan niqob taqish masalasiga sovuqqonlik bilan qaragani sabab boʼlmoqda.