COVID-19dan vafot etgan tibbiyot xodimlari xotirasiga xiyobon tashkil etilmoqda

Toshkentda pandemiya bilan kurash davomida jonini fido qilgan tibbiyot xodimlari xotirasiga bag‘ishlangan aksiya boshlandi. 11-dekabr kuni soat 10:00 da G‘alaba bog‘iga kirish oldidagi maydonchada Xotira xiyobonining qurilish ishlari boshlanadi.
Birinchi bosqichda 61 tup daraxat ekilishi rejalashtirilgan: bular chinor, qayrag'och va akasiya
Aksiya tashkilotchilari – O‘zbekiston Landshaft san’ati uyushmasi Olmazor tumani hokimligi bilan birgalikda. Xususiy kompaniya va shaxslarning homiyligi ham ishlar yanada rivojlantirishga yordam beradi. Shu bois, ushbu tashabbusga befarq bo‘lmagan toshkentliklarni ko‘chat o‘tqazishda ishtirok etishga va loyihaga homiylik qilishga taklif etiladi.






