Dam olish kunlari O’zbekistonga iliq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda

Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Yakshanba kuni havo harorati biroz iliqlashib, kunduzi 5-10 darajani qayd etishi kutilmoqda.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi. Buning hisobiga yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga kelishi mumkin.

Shuningdek, 13-16-yanvar kunlari qor ko‘chishi xavfi ortishi sababli tog‘li hududlarga borish tavsiya etilmaydi.