Daniya COVID-19 cheklovlarini bekor qildi

Daniyada 31-yanvardan boshlab koronavirusga qarshi barcha cheklovlar o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Ayni damda Daniya Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida COVID-19 cheklovlarini bekor qilgan ilk mamlakatdir.
Endi Daniyada niqoblar va COVID pasportlari majburiy bo‘lmaydi. Shuningdek, bar va restoranlarning ish soatlari cheklanmaydi. Tungi klublar ham qayta ochilmoqda, bino ichida odamlar soniga cheklov olib tashlandi.
Shu bilan birga, mamlakatga kelganlar, xususan, Shengen hududidan tashqaridagi mamlakatlardan emlanmagan sayyohlar uchun ayrim cheklovlar saqlanib qoladi.
Cheklovlar koronavirus bilan kasallanishning yuqori darajasiga qaramay olib tashlandi. 31-yanvar kuni mamlakatda 27,6 mingga yaqin infeksiya yuqtirish holati qayd etilgan. Daniyada aholining 80 foizdan ortig‘i virusga qarshi vaksinaning ikkala dozasini olgan va taxminan 60 foizi buster doza bilan emlangan.






