Dasturchilar konferensiyasi – WWDC 2022

Taniqli insayder Jon Prosser bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Apple bu yilgi dasturchilar konferensiyasi - WWDC 2022 tadbirini 6-iyun kuni o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya unda katta ehtimol bilan iOS 16 ni taqdim etishi kutilmoqda.

Bundan tashqari tadbirda yangi Mac kompyuterlari ham taqdim qilinishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, bu yilgi iOS yangilanishi foydalanuvchi interfeysida katta o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi. Shulardan biri kompaniya InfoShack deb nomlaydigan ko‘p funksiyali interaktiv komponentlar to‘plami bo‘ladi.