Davlat byudjetiga o'zgartishlar kiritildi

Birinchidan, davlat maqsadli jamg'armalari, tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi daromadlari va xarajatlari prognozi 2021 yilga o'zgartirildi. Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining xarajatlari 24 239 490 mln. so'mni tashkil etadi.
Davlat maqsadli jamg'armalari xarajatlari 41 226 950,3 mln. so'mni tashkil etadi., shu jumladan xarajatlar:
- Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo'yish munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan zararni qoplash bo'yicha markazlashtirilgan jamg'arma - 273 000 mln.so'm;
- Mehnat vazirligi huzuridagi bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi-759 000 mln. so'm.;
- Xalq ta'lim vazirligi qoshida byudjetdan tashqari respublika maqsadli kitob jamg'armasi - 208 752,3 mln. so'm.
Davlat maqsadli jamg'armalari daromadlari prognozi 27 999 898,6 mln. so'mni tashkil etadi.
Ikkinchidan, birinchi darajali byudjet mablag'lari taqsimotchilariga respublika byudjetidan ajratiladigan mablag'larning cheklangan miqdori o'zgardi. Respublika byudjetidan jami 160 616 670,5 mln so'm mablag' ajratiladi.






