Davlat rahbari vodiy viloyatlarida boʼladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Аndijon viloyatiga joʼnab ketdi.
Tashrif davomida sanoat korxonalari va yangi uy-joylarni koʼzdan kechirish, yoshlarga kasb oʼrgatish va aholi bandligini taʼminlash ishlari bilan tanishish rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari Fargʼona va Namangan viloyatlarida ham boʼladi.






