Davlat soliq qo‘mitasi raisi Rossiya Federal Soliq xizmati rahbari Daniil Yegorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

DSQ raisi Sherzod Kudbiyev boshchiligidagi delegatsiya ishchi tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi
Uchrashuvda shu yilning 14-aprel kuni Toshkentda imzolangan bitimning bajarilishi va O‘zbekiston Respublikasida kelgusida soliq maʼmuriyatchiligini yanada raqamlashtirishga qaratilgan ishlar batafsil muhokama qilindi.
Xususan, tomonlar joriy yil oxirigacha soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash sxemalarini tahlil qilish va aniqlashni o‘z ichiga olgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini monitoring qilishning avtomatik tizimini joriy etish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni yakunlashga kelishib oldilar.
Yirik hajmli maʼlumotlarni qayta ishlash sohasida tajriba almashish uchun shu yil oktyabr oyida DSQ bir guruh dasturchilari va maʼlumotlar bazasi administratorlarini Moskva shahriga yuborish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
O‘z navbatida, Daniil Yegorov O‘zbekiston rahbariyati tomonidan soliq maʼmuriyatchiligida amalga oshirilgan izchil islohotlarning samaralarini qayd etib o‘tdi.






