Davlat va Qishloq xo'jaligi vazirligi stipendiyasi g'oliblari bilan davra suhbati

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillarining qishloq xo‘jaligi tizimidagi oliy ta‘lim muassasalarida ta’lim oluvchi davlat va vazirlik stipendiyasi g‘oliblari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvda Toshkent davlat agrar universiteti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti va Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti stipendiatlari ishtirok etmoqdalar.