Davlat xizmatiga ochiq tanlov asosida 35 ming kadr ishga qabul qilindi

Davlat fuqarolik xizmatiga kirishda barcha fuqarolarning teng imkoniyatlardan foydalanishini ta’minlash maqsadida ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish amaliyoti joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi shu yo‘nalishdagi ishlarni tashkil etmoqda.

Agentlik rasmiy sahifalari orqali e’lon qilib borilayotgan vakant lavozimlar bo‘yicha ochiq tanlovlarda shu kungacha 905 mingdan ortiq nomzod ishtirok etdi. Natijada ochiq tanlov asosida 35 ming nafardan ortiq fuqaro davlat xizmatiga qabul qilindi.