Davlatimiz rahbari Pokistonga joʼnab ketdi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xonning taklifiga binoan 3-mart kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʼnab ketdi.
2021-yil iyulda Toshkentda boʼlib oʼtgan muzokaralarda ikki mamlakat oʼrtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga koʼtarilgan edi. Bu galgi tashrifda koʼp qirrali hamkorlik va mintaqaviy sheriklikni yanada mustahkamlash, savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, transport, logistika, infratuzilma va turizma sohalarida amaliy hamkorlikni rivojlantirish choralari muhokama qilinadi. Uchrashuvda, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy maslalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.
Muzokaralar natijasi boʼyicha qoʼshma deklaratsiya va qator hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.






