Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyuradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 21-22-aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga safar qiladi.

Tashrif davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat korxonalari va ijtimoiy soha obyektlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish, viloyatni rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yaxshilash boʼyicha yangi vazifalarni belgilash rejalashtirilgan.