Davlatimiz rahbari Qashqadaryoga joʼnab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga joʼnab ketdi.

Tashrif dasturi juda keng. Davlat rahbari bugunning oʼzida klaster va sanoat korxonalarida, fermer xoʼjaligi dalasida boʼladi, bunyodkorlik ishlari, mahallalardagi oʼzgarishlar bilan tanishadi. Shuningdek, xalq bilan muloqot, viloyat faollari bilan uchrashuv, qishloq xoʼjaligi va sanoat loyihalari taqdimoti ham rejalashtirilgan.