Davlatimiz rahbari Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisining oʼrinbosarini qabul qildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentlar ayol rahbarlarining xalqaro sammitida ishtirok etish uchun Toshkentda boʼlib turgan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisining oʼrinbosari Galina Karelovani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari Oʼzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida keyingi yillarda yuksak darajaga erishilganini, koʼp qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.