Davlatimiz rahbari tadbirkor yoshlar va xotin-qizlar sonining kengayishini alohida ta'kidladi

– Bugungi kunda ushbu zalda va joylardagi studiyalarda qatnashayotgan yuzlab tadbirkor yoshlar va opa-singillarimizni ko'rib turganimdan benihoyat xursandman.
Oxirgi 2 yilda ayollar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 500 million dollar mablag ' yo'naltirdik. Ular o'z bizneslarini boshlash, shu jumladan, kasb-hunar va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Keyingi 5 yilda yosh tadbirkorlar soni 500 mingdan oshib, 5 barobar ko'paydi.
Tadbirkor ayollar va yoshlar sonini yanada kengaytirish, ularni har tomonlama qo'llab – quvvatlash bundan buyon ham iqtisodiy siyosatimizning ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib qoladi, - dedi Prezidentimiz. Bu haqda prezident matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov xabar qildi.






