Davlatimiz rahbari XXR tashkil topganining 73 yilligi munosabati bilan tabrik yoʼlladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 73 yilligi munosabati bilan XXR Raisi Si Szinpinga tabrik yoʼllab, unga va doʼst Xitoy xalqiga ezgu tilaklarini bildirdi.

Maktubda dunyodagi murakkab vaziyatga qaramay, Oʼzbekiston bilan Xitoy oʼrtasidagi ikki va koʼp tomonlama hamkorlik barcha yoʼnalishlarda tobora mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan taʼkidlangan.

Yaqinda Oʼzbekiston Respublikasiga amalga oshirilgan davlat tashrifi va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida boʼlib oʼtgan sermahsul uchrashuvlar mamlakatlarimiz oʼrtasidagi aloqalarni har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining yangi darajasiga koʼtargani qayd etilgan.