Davlatimiz rahbari Yangihayot va Sergeli tumanlariga tashrif buyuradi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yangihayot va Sergeli tumanlariga tashrif buyuradi. Qator ishlab chiqarish, xizmat koʼrsatish va savdo obyektlari bilan tanishish, mahalla faollari bilan muloqot qilish hamda hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari faoliyatini samarali tashkil etish boʼyicha yigʼilish oʼtkazish rejalashtirilgan.






