Davlatlar rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

24-iyul kuni Tojikiston, Qozog'iston, Turkmaniston, Qirg'iziston va Rossiya prezidentlari telefon orqali Shavkat Mirziyoyevni tug'ilgan kuni bilan tabrikladilar.
Ular davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan dildan tabriklab, birodar O‘zbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdi.
Ta'kidlash joizki, Tojikiston, Qozog'iston, Turkmaniston va Qirg'iziston prezidentlari bilan suhbat davomida 6-avgust kuni Turkmanistonda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining Maslahat uchrashuvini o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi.






