Dehli majburiy niqob rejimiga qaytdi

Hindistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari ortib borayotgani fonida Dehlida majburiy niqob rejimi qayta joriy qilindi. Qayd etilishicha, niqob taqmaganlik uchun 6 dollarlik jarima mavjud.
O‘tgan kun davomida Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 16,2 ming kasallik holatini aniqladi, shundan 2,5 mingga yaqini Dehli hissasiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, poytaxtda bir kunda koronavirusdan to‘qqizta o‘lim qayd etilgan, bu so‘nggi olti oydagi kunlik rekorddir.
Eslatib o’tamiz, mamlakatda infeksiyaga qarshi emlash 2021-yil yanvar oyida boshlangan, hozirgacha 12 yoshdan oshgan aholining taxminan 86 foizi to‘liq emlangan.






