Dehqonchilik va bogʼdorchilikka ixtisoslashgan 2,5 mingta mahalla lider tadbirkorlar orqali rivojlantiriladi

Dehqonlar mavsumga oʼz vaqtida tayyorgarlik koʼrishi uchun Qishloq xoʼjaligi jamgʼarmasiga ajratilgan 2 trillion soʼm resurs hisobidan ikkinchi chorakda qoʼshimcha 350 milliard soʼm yoʼnaltiriladi.

Ushbu mablagʼlar “lider” tadbirkorlar orqali urugʼ, koʼchat, oʼgʼit sotib olish va boshqa xarajatlar uchun beriladi.

Ushbu mablagʼlar hisobiga 250 ta ogʼir mahalladagi 165 ming nafar aholi bandligini taʼminlash vazifasi qoʼyildi.

Yana 2,5 mingta mahalla chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilikka ixtisoslashgan. Ularni rivojlantirish uchun:

kamida 1,5 mingta mahallaga inkubator;

har bir viloyatda kamida 20 mingta xonadonga 20-100 tadan xonaki tovuq;

1000 tagacha mahallada 5-10 ta xonadonga asalari uyalari tarqatiladi.

Bu chora-tadbirlar orqali birinchi yarim yillikda aholi xonadonlarida chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik yoʼnalishlarda kamida 140 ming nafar aholi bandligini taʼminlash vazifasi qoʼyildi.