Dell kompaniyasidan Alienware X14 noutbuki taqdim etildi

14 dyuymli ekranga ega bo‘lgan ushbu noutbukning qalinligi 14.5 mm, og‘irligi esa 1.8 kilogrammni tashkil qiladi. Qurilma GeForce RTX 3060 grafik protsessori bilan jihozlangan. Shuningdek, uning RTX 3050 va RTX 3050 Ti grafik protsessoriga ega bo‘lgan turlari mavjud.
Noutbukning Core i7-12700H va Core i9-12900H protsessorga ega bo‘lgan turlari sotuvga chiqariladi. U 32GB tezkor xotira va 2TB gacha bo‘lgan doimiy xotira bilan jihozlangan.
Qurilmada ikkita Thunderbolt 4, bittadan USB-C 3.2, USB 3.2, HDMI portlari va bitta microSD uyasi mavjud.






