Deputat maktabga sport anjomlari sovg‘a qildi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jahongir Ziyayev 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 101-sonli maktabda bo‘lib, o‘quvchilarga sport anjomlari sovg‘a qildi.
Bu quvonchli voqea va talabalar uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.
Jahongir Ziyayev shu kuni o‘quvchilar va maktab jamoasi bilan dildan suhbatlashdi, ularning o‘qishi bilan qiziqib, ijodiy ishlari bilan yaqindan tanishdi.






