Deyarli 1 asrlik tarixga ega Uzmetallsavdo kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari

Yurtimizda metallurgiya sohasining ko'zga ko'ringan kompaniyalaridan biri va deyarli 1 asrlik tarixga ega "UzMetallSavdo" AJ - Bright Uzbekistan loyihasiga katta qiziqish bildirdi.
“Bright Uzbekistan” xalqaro loyihasi asoschisi Davron Abdullaev va “Uzmetallsavdo” kompaniyasining Boshqaruv kengashi raisi Husniddin Islamov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda o’zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o’rnatish borasidagi rejalar va imkoniyatlar muhokama qilindi.
Hamkorlik doirasida, aprel oyi ohirida bo'lib o'tadigan yirik "Innoprom" sanoat ko'rgazmasida UzMetallSavdo kompaniyasini keng targ'ib etish, shuningdek Rossiyaning Metallurgiya yonalishidagi yirik kompaniyalari ishtirokidagi konferensiyaning tashkiliy va informatsion hamkorligi borasida kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv yakunida tegishli hujjatlar va hamkorlik kelishuvlari imzolandi.
Ma'lumot o'rnida, 1938-yilda o’z faoliyatini boshlagan Uzmetallsavdo kompaniyasining asosiy faoliyati O‘zbekiston Respublikasining eng muhim obyektlarini qurilish jarayonida, milliy iqtisodiyotning mashinasozlik, energetika, neft-gaz, kimyo sanoati kabi tarmoqlaridagi ishlab chiqarish korxonalariga, hamda, kichik va o'rta biznes ehtiyojlari uchun keng turdagi qora metall mahsulotlarini yetkazib berishdan iborat.






