Digital Holding O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlamoqda

«USM Telekom» va MegaFon oʼzbekistonlik hamkorlari bilan birga Digital Holding qoʼshma korxonasini tuzish bosqichini yakunladi. Yangi kompaniyaga ilgari Ucell bosh direktori lavozimini egallagan Vladimir Kravchenko rahbarlik qiladi.
Digital Holding Oʼzbekistonda telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va sifatini yaxshilash, xususan xalqaro standartlarga mos raqamli infratuzilmani shakllantirishni koʼzda tutadi.
Qoʼshma korxona tarkibi Ucell aloqa operatorining 100% ustav kapitali, USM shoʼʼba korxonalari — CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistanni oʼz ichiga oladi. Rossiya tomoni Digital Holding kompaniyasini rivojlantirish uchun $100 mln sarmoya kiritadi.






