«Doim marrani baland olishga da’vat qilgan Shavkat Mirziyoyevning qat’iy siyosiy irodalari bilan erishdik», - Abdulla Aripov

Bugun, 7 avgust kuni O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining navbatdan tashqari plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi.
“Xo‘sh, mamlakatimiz bunday maqtanishga arzigulik natijaga qanday erishdi? Erishilayotgan natijalarga aslo qoniqmaslik, muvaffaqiyatlarga mahliyo bo‘lmaslik, mavjud ahvolni haqqoniy, ishlarni muntazam tanqidiy baholashga, o‘zlarining va jamoalarining oldiga tinimsiz bir-biridan murakkab vazifalar qo‘yib, doim marrani baland olishga da’vat qilgan hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning qat’iy siyosiy irodalari va shaxsiy namunalari bilan erishdik.”, dedi Abdulla Aripov.
Avvalroq, O‘zLiDeP ham bu yilgi prezidentlik saylovida o‘z nomzodini e’lon qilgandi. Partiya navbatdan tashqari plenumida Shavkat Mirziyoyevni nomzod sifatida ilgari surdi. Uning nomzodi O‘zLiDeP qurultoyida tasdiqlanishi lozim bo‘ladi.






