Doimiy aholisi soni eng koʼp boʼlgan TOP 10 tumanlar

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʼra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamiz tumanlari orasida doimiy aholisi soni eng koʼp boʼlgan hududlar ro’yxatida birinchi o’rinni Urgut tumani (545,7 ming kishi), ikkinchi o’rinni Denov tumani (409,5 ming kishi) va uchinchi pog’onani Olmazor tumani (395 ming kishi) band etgan.

Shuningdek, ro’yxatda quyidagi tumanlar qayd etilgan:

Pastdargʼom tumani – 374,9 ming kishi;
Yunusobod tumani – 366,9 ming kishi;
Shayxontohur tumani – 360,5 ming kishi;
Аsaka tumani – 347,5 ming kishi;
Mirzo Ulugʼbek tumani – 323,1 ming kishi;
Shahrixon tumani – 317,2 ming kishi;
Gʼijduvon tumani – 317,1 ming kishi.