Donald Tramp Amerikada so'z erkinligini ta’minlash yo'lida

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Twitter va Facebook ijtimoiy tarmoqlari rahbarlarini sudga berishni reja qilmoqda, deya xabar beradi Ria Novosti.

Xabarda aytilishicha, sobiq prezidentning Twitter, Facebook, Youtube va Instagram akkauntlari bloklab qo‘yilgan. Bunga Donald Trampning Vashingtondagi tartibsizliklar haqidagi postlarini e'lon qilgani sabab bo'lgan.

Donald Tramp jamoasi o‘zining ijtimoiy tarmog‘ini qayta yaratgan, ammo yangi akkaunt ham ijtimoiy tarmoqlari rahbarlari tomonidan buzib tashlangan. Shundan so'ng, sobiq prezident sud ishini “America First Policy Institute” notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirmoqchi bo‘ldi.

Shuni ham ta'kidlash kerakki, Tramp katta siyosatga qaytishini e’lon qildi. U Amerikaning turli shtatlarida tarafdorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.