Donald Tramp koronavirusga qarshi emlandi

Avval AQSh sobiq prezidentini ulug‘lagan fitna nazariyasi tarafdorlari va vaksinalarga qarshi chiquvchilar endi uni dushman va sotqin deyishmoqda.
Tramp ilk bor AQSh prezidenti sifatida ishlayotgan davrida koronavirusga qarshi emlangan, biroq hozirgi davlat rahbari Jo Baydendan farqli ravishda vaksinani omma oldida qabul qilmagan va vaksinatsiyaga qarshi bo‘lganlar ishonchini yo‘qotmaslik uchun emlanganligi haqida gapirmagan. Shunga qaramay Tramp har safar vaksinalarning ishlab chiqilishida hissasi borligi, preparatlar aynan u AQSh prezidenti bo‘lgan vaqtda tayyorlanganini ta’kidlagan, administratsiyasi jarayonda bevosita ishtirok etgani haqida ko‘p marta maqtangan.

Avgust oyida Tramp buster vaksinalaridan foydalanish g‘oyasini tanqid qilgan va mazkur operatsiya Pfizer uchun pul ishlash imkonini berishi haqida gapirgandi. Sentabrda uning bu boradagi sersavolligi kamaydi va u busterlarga qarshi emasligi, biroq o‘zi bunday tartibda emlanmasligini aytgan. Ammo 21-dekabrda Tramp Dallasda o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvda buster vaksinasini qabul qilganini bildirgan.