Doston Yoqubov jahon chempioni bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, 7-18 dekabr kunlari Toshkent shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki medallarni qo‘lga kiritdi.
Qayd etilganidek, Doston Yoqubov 67 kilogramm vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, Yoqubov kumush medalni qo'lga kiritdi.
Yana bir o‘zbekistonlik sportchimiz Adhamjon Ergashev ham siltab ko‘tarishda medallar uchun kurash olib bordi. Munosib raqobat ko‘rsatib, Osiyo o‘yinlari sovrindoriga 174 kilogramm natija ko‘rsatib, kichik bronza medali topshirildi.






